Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
17 Октября 2016

Viloyat "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, viloyat Xalq ta'limi, viloyat Madaniyat va sport ishlari boshqarmalari hamkorligida bugun viloyat Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, "Farhod” madaniyat saroyi, 1-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi tadbirlar zalida "Kamalak yulduzlari” Respublika bolalar ijodiyoti festivali viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

6 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan iqtidorli yoshlar ishtirok etgan mazkur festival tanlov shartlariga muvofiq olti yo'nalish bo'yicha o'tkazildi: "A” yo'nalishi - fortepiano, torli-kamonli, damli va zarbli cholg'u asboblari ijrochilari;

"V” yo'nalishi - milliy va akademik ijro, estrada, fol'klor va xor guruhlari ijrochilari;

"S” yo'nalishi - plektorli, kamonli, damli va zarbli xalq cholg'u asboblari ijrochilari;

"D” yo'nalishi - milliy, ball va zamonaviy raqslar ijrochilari;

"Ye” yo'nalishi - tasviriy (grafika, rang-tasvir, haykaltaroshlik) va amaliy san'at (zardo'zlik, do'ppido'zlik, quroqchilik, gilamdo'zlik, qo'g'irchoqchilik, kashtachilik, gobelen', batik, naqqoshlik, ganchkorlik, kulolchilik, yog'och o'ymakorligi, misgarlik, kandakorlik, toshtaroshlik) namoyondalari;

"G'” yo'nalishi - nasriy (ertak, hikoya, qissa, roman) nazm asarlari (she'r, g'azal, doston) ijrochilari.

1476709818_kamalak-navoiy1.jpg

Jumladan, viloyat Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi tadbirlar zalida tashkil etilgan "V” yo'nalishi (milliy va akademik ijro, estrada, folklor va xor guruhi) bo'yicha ishtirokchilarning mahoratini tajribali va yuqori malakali mutaxassislar, davlat mukofotlari va boshqa unvonlarga sazovor bo'lgan san'atkorlardan iborat nufuzli hakamlar hay'ati baholab bordi va eng yaxshi natijalarga erishgan ishtirokchilar tadbir tashkilotchilarining sertifikat, diplom va esdalik sovg'alari bilan rag'batlantirildi.

Источник: Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati
Просмотров: 1475
icon-instagram.png icon-facebook.png
Created with Snap
Нажмите чтобы прослушать выделенный текст! Powered by GSpeech