Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
4 Октября 2016

“Kim edigu kim bo'ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ'ibot tadbirlari oktyabrning to'rtinchi sanasida, Xorazm viloyatining Bog'ot, Hazorasp, Yangiariq tumanlaridagi 30 ta umumta'lim maktablarida, 15 ta kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tashkil etildi.

So'ngra, targ'ibotchilar guruhi belgilangan rejaga qo'shimcha ravishda Yangiariq tumanidagi “Sultonova Sanamjon”, “Jumanazar Jabborgan”, “Gullanbog' Doniyor”, “Xikmat Qalandarov”, Hazorasp tumanidagi “Pichoqchi sahovati”, Bog'ot tumanidagi “Bog'ot” fermer xo'jaliklarida paxta yig'im-terimida ishtirok etayotgan hasharchilar huzuriga tashrif buyurdilar.

Mazkur tadbirlarda 80 nafardan ortiq taniqli san'at namoyondalari ishtirok etib jami 10 955 nafar, shundan 6 120 nafar umumta'lim muassasalari va 4 160 nafar akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan o'quvchilar hamda 675 nafar paxta yig'im-terimida ishtirok etayotgan hasharchilar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda davra suhbatlari yakunlangach, barcha san'atkorlar bellariga etak bog'lab oq oltinni terishga ko'maklashdilar.

Источник: Yoshlar madaniyat va san'at Markazi Matbuot xizmati
Просмотров: 722
icon-instagram.png icon-facebook.png
Created with Snap
Нажмите чтобы прослушать выделенный текст! Powered by GSpeech