Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
                                

Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash bo`limi

Bo`lim boshlig`i: Shavazov Furqat Shavkatovich

Vazifalar va funktsiyalar

Milliy estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy ko'maklashuvchi vakillar guruhining xulosasiga ko'ra Kontsert-tomosha faoliyati huquqi uchun litsenziyalarni rasmiylashtirish, estrada san'ati sohasida axborotlar yig'ish bo'limning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Shuningdek, bo'lim, litsenziya talabgorlariga litsenziya olish tartiblarini tushuntirish va litsenziya olish uchun kerakli hujjatlarni tayyorlash, kontsert-tomosha faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning litsenziya olish uchun taqdim etgan hujjatlarini har 15 kunda o'tkaziladigan Ijodiy ko'maklashuvchi vakillar guruhiga taqdim etish, Ijodiy ko'maklashuvchi vakillar guruhini litsenziya berish yoki rad etish to'g'risida qabul qilgan qarorlarni uch kun muddatda ariza bergan yuridik yoki jismoniy shaxslarga va hududiy bo'linmalarga yozma (elektron) ravishda etkazish, o'rnatilgan tartibda litsenziya bitimini imzolash va litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to'langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganidan keyin uch kun muddatda litsenziya blanklarini rasmiylashtirilishini ta'minlash, kontsert-tamosha tadbirlarida, ko'ngilochar muassasalar, klublar, diskotekalar, restoran, kafe-barlarda, shuningdek, tele va radio efirlarda faqatgina tegishli litsenziyasi mavjud bo'lgan ijrochi – jismoniy va ijodiy jamoa – yuridik shaxslarning chiqishini oldini olish maqsadida Davlat soliq qo'mitasi, Ichki ishlar vazirligi hamda Birlashmaning hududiy bo'linmalari tomonidan hamkorlikda o'tkaziladigan qo'shma reyd tekshiruvlarini tashkil qilish, litsenziyasiz faoliyat ko'rsatayotgan shaxslarni litsenziyaga tortish bo'yicha zarur choralar ko'rish, litsenziya olgan yuridik yoki jismoniy shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlar bo'yicha alohida reestr yurgizish, berilgan litsenziyalar bo'yicha rahbariyatga, Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo'mitalariga o'rnatilgan tartibda axborot berish, yilning har choragida berilgan litsenziyalar bo'yicha hisobotlar tayyorlash, muntazam ravishda tegishli boshqarmalar bilan hamkorlikda ishlashni amalga oshiradi.

Konsert-tomosha faoliyatini lisenziyalash  bo'limi boshlig'i yoki uning vazifasini bajaruvchi berilgan litsenziyalarni o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilishiga shaxsan javobgardir.

Qabul kunlari: seshanba va payshanba soat 11-00 dan 13-00 ga qadar


Aloqali ma'lumotlar
Telefon: 235-31-70 Faks: 235-41-15

Konsert-tomosha faoliyatini tashkil etish bo`limi

Bo`lim boshlig`i: Sayfullayev Muzaffar Alisherovich

Vazifalar va funktsiyalar
Muassasa direktori va direktorning tashkiliy-ijodiy masalalar bo'yicha o'rinbosariga hisobotlar berib borish, bo'lim xodimlarining xizmat vazifalari o'z vaqtida to'laligicha bajarilishini nazorat qilish va xodimlar o'rtasida vazifalarni taqsimlash, davlat muassasasiga taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq bir martalik konsert-tomosha ruxsatnomasini rasmiylashtirish, yosh iste'dodlarni izlab topish, ularni moddiy-ma'naviy qo'llab-quvvatlash, ularning ijodini targ'ib qilishni yo'lga qo'yish, tadbirni tashkil etish uchun bir martalik konsert-tomosha ruxsatnomasi berilgach, tadbir haqidagi reklamalarni televideniye, radioefirlar hamda afisha va banerlar orqali targ'ibot ishlari ustidan nazorat olib borish, estrada xonandalari, guruhlarining konsertlarini tashkil etilishida O'zbekiston Respublikasi va undan tashqarida konsert-tomosha faoliyatiga doir huquqiy majburiyatlar hamda talablarga rioya etilishini nazorat qilish, estrada xonandalari va konsert tashkilotchilari bilan konsert-tomoshalarini qonun talablari doirasida, o'rnatilgan tartib asosida tashkil etish borasida suhbatlar uyushtirish va uni rasmiylashtirish, konsert-tomosha tadbirlari dasturlarida ishtirok etish uchun estrada ijodkorlarining nomzodini tavsiya qilish va belgilangan san'atkorlar ishtirokini ta'minlash. Muassasa rahbariyatiga bo'lim faoliyatini tartibga soluvchi hamda vakolati doirasidagi boshqa masalalarga oid hujjatlarning loyihalarini taqdim etish, san'atkorlarning konsert-tomosha faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat tadbirlarining konsert dasturlariga tayyorgarlik ko'rish, yangi qo'shiqlar to'plab, konsert ssenariysi va dasturi loyihasini shakllantirish, tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish, direktor va direktorning tashkiliy-ijodiy masalalar bo'yicha o'rinbosari topshirig'iga asosan davlat muassasasi faoliyati bilan bog'liq boshqa vazifalarni bajarish.

Aloqali ma'lumotlar
Telefon: 235-52-80
Faks: 234-50-99
e-mail:    sayfullaevm@mail.ru
             uzbekkonsert@madaniyat.uz

Axborot kommunikatsion texnologiyalar va matbuot xizmati bo'limi

Bo'lim boshlig'i:

Vazifalar va funktsiyalar


  • Muassasa faoliyatida, Davlat va xo'jalik boshqaruv idoralarida AKT faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan Prezident farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hukumat qarorlari ijrosini ta'minlash va nazorat qilish; 
  • Mutasaddi tashkilotlar va hududiy bo'linmalar bilan amalga oshiriladigan yozishmalarni koorporativ pochta oraqali amalga oshirilishini ta'minlash; 
  • Muassasada “Axborot xavfsizligi”ni ta'minlash bo'yicha javobgar hisoblanadi; 
  • Muassasa hamda Muassasaning quyi tizimlarida AKT faoliyatni nazorat qiladi va zarur holatlarda Bosh direktorga axborot kiritish. Muassasa xodimlarining ishda kompyuter texnikasi va AKTdan foydalanish bo'yicha bilimlarini muntazam yangilab borish va o'quv seminarlar tashkil etish kabi ishlarni muvofiqlashtiradi. Birlashmada “Elektron hujjat” aylanishini ta'minlanishi nazoratini amalga oshiradi. Muassasaning veb-saytidagi ma'lumotlarni yangilab borish va monitoringini yuritish; 
  • viloyat hududiy bo'linmalari AKT mutaxassislari nazoratini amalga oshiradi va hududlar bilan elektron hujjat aylanishini ta'minlaydi.

Qabul kunlari: dushanba, chorshanba 10-00 dan 12-00gacha. 

Aloqali ma'lumotlar
Telefon: 234-60-47 
Faks: 234-50-99
umail: uzbekkonsertxm@umai.uz

Kadrlar bo`yicha inspektor

Vazifalar va funktsiyalar


Muassasaning nomenklaturasiga hamda hisob-nazorat nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga xodimlarni tanlash ishlarini muvofiqlashtirish hamda Direktorga takliflar kiritish; lavozimga tayinlangan xodimlarning shaxsiy hujjatlari yig'majildini shakllantirish va doimo tegishli ma'lumotlar bilan to'ldirib borish; lavozimga tayinlangan xodimlarning xizmat guvohnomalari hisobini yuritish, xodimlarning kasallik varaqalari, xizmat safari guvohnomalarini qayd etib borish; bo'lim faoliyatiga doir ariza, shikoyat, takliflarni o'rganishda qatnashish; xodimlarni attestatsiyadan o'tkazish yuzasidan takliflar tayyorlash; xodimlar hisobi bo'yicha davlat statistika hisobotini o'rnatilgan tartibda tuzish va tegishli organlarga taqdim etish; Birlashma tizimidagi xodimlarni rag'batlantirish va mukofotlash ishlariga metodik rahbarlik qilish va boshqarish; rahbariyat ko'rsatmasi asosida xodimlarga oid masalalar bo'yicha buyruq loyihalarini tayyorlab, imzolashga kiritish;

estrada san'ati rivojiga munosib hissa qo'shib kelayotgan san'atkorlarning nomzodlarini davlat mukofotlariga tavsiya etish uchun Birlashma rahbariyatiga takliflar tayyorlash; Birlashma markaziy apparati, tizimga kiruvchi tashkilotlar, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo'linmalari rahbar xodimlarining mehnat daftarchalarini ro'yxatga olish, yuritish va saqlash; Birlashma markaziy apparati shaxsiy tarkibining T-2 shakldagi kartotekasini yuritish; Birlashma markaziy apparatidagi yoshga doir nafaqaga chiquvchi xodimlarning hujjatlarini tayyorlash, tizimda ishlab, nafaqaga chiqqan xodimlarga ularning ishi haqidagi arxiv ma'lumotnomalarni berish; maxsus ruxsatnoma (litsenziya) beruvchi tashkiliy boshqarma hamda hududiy bo'linmalar bilan hamkorlikda estrada yo'nalishida ijod qilayotgan san'atkorlarga oid barcha ma'lumotnomalarini (spravka ob'ektivka) tayyorlash va ularni yangilab borish; Xalqaro aloqalarga oid masalalarni o'rnatilgan tartibda amalga oshirish hamda estrada ijodkorlarining xorijga chiqishini muvofiqlashtirish.



Aloqali ma'lumotlar
Тел: 234-60-98

e-mail:  info@uzbekkonsert.uz

Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi bo`limi

Bo`lim boshlig`i: Sharipov Sohibjon

Vazifalar va funktsiyalar
Lavozim vazifalari va funktsiyalari Muassasa direktoriga hisobotlar berib borish, davlat muassasasining moliyaviy-xo'jalik ishlarini tashkil etish, buxgalterlik hisobi nazoratini to'g'ri olib borish, ularning haqqoniyligi va to'g'riligini nazorat qilish, moddiy, mehnat, moliyaviy resurslardan tejamkorlik bilan samarali foydalanish, davlat mulki muhofazasini nazorat qilish, ulardan oqilona foydalanilishi uchun buxgalterlik hisobi nazoratini va metodik yordamini amalga oshirish, tashkilotlar tomonidan buxgalterlik hisobining o'z vaqtida tuzilishini nazorat qilish, direktor tasdiqlagan tadbirlarni moliyaviy jihatdan ta'minlashni amalga oshirish, muassasa va uning hududiy bo'limlaridagi debitorlik va kreditorlik qarzlarning o'z vaqtida bartaraf etilishini ta'minlash, muassasa moliyaviy faoliyatini tahlil qilish, banklar bilan pul mablag'larining va tovar moddiy boyliklarning kundalik harakatini qat'iy nazorat etuvchi faoliyatni amalga oshirish, xodimlarga ish haqlarini o'z vaqtida to'lanishini ta'minlash, muassasa tomonidan o'tkazilgan tadbirlar qatnashchilariga pul mablag'larini vaqtida to'lashni ta'minlash, buxgalterlik hisobi vakolatiga taalluqli nizomlar va boshqa me'yoriy hujjatlarga doir metodik ko'rsatmalarni ishlab chiqish, direktor topshirig'iga asosan davlat muassasasi faoliyati bilan bog'liq boshqa vazifalarni bajarish.

Aloqali ma'lumotlar

Qabul kunlari: dushanba, chorshanba 10-00 dan 12-00gacha. 

Aloqali ma'lumotlar 
Telefon: 235-06-94 
Faks: 234-50-99 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech