Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Абдуқаҳҳоров Одилжон Абдуганиевич
“O'zbekkonsert” davlat muassasasi direktori
Telefon:
234-24-28
Faks:
234-52-90
Elektron pochta: uzbekkonsert@madaniyat.uz

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tug'ilgan. 2008 yil Namangan Muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Ish faoliyatini “Kamolot” YoIH Namangan viloyat bo'limi Kengashi “Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari, korxona, tashkilot, muassasa va mahalladagi yoshlar bilan ishlash” bo'limi etakchi mutaxassisi lavozimida boshlab, keyinchalik bo'limi mudiri, 2008-2011 yillarda “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi apparatining “Yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo'llab-quvvatlash, tadbirkorlik va bandlikka ko'maklashish” bo'limi etakchi mutaxassisi, bosh mutaxassis lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2012 -2015 yillar davomida “O'zbeknavo” estarda birlashmasi Kadrlar bo'limi boshlig'i lavozimida, 2015-2017 yillarda Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) beruvchi tashkiliy boshqarma boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan. 2017 yil 4 dekabrdan  "O'zbekkonsert" davlat muassasasi direktori  lavozimida faoliyat yuritmoqda. Oilali, 3 nafar farzandi bor.

O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, Qaror va Farmoyishlari, Hukumat Qarorlari, Milliy estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi qarorlari hamda Muassasa Nizomi asosida “O'zbekkonsert” davlat muassasasi  faoliyatiga umumiy rahbarlikni olib boradi;
Muassasa oldiga qo'yilgan masalalarni hal qilishda g'oyaviy yo'naltirishni ta'minlash; boshqarmalar rahbarlari hamda hududiy bo'linmalar tomonidan ishlab chiqilgan gastrol-kontsert faoliyati, tanlovlar, festivallar, madaniyat kunlari, xalq sayllari va boshqa turdagi ommaviy-madaniy tadbirlar o'tkazish rejalarini tasdiqlash;
Muassasani istiqbolli rivojlantirish yo'llarini belgilash va uni Milliy estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashiga havola qilish;
Muassasaaning moliyaviy-xo'jalik ishlarini tashkil etish;
Muassasani malakali xodimlar bilan ta'minlash choralarini ko'rish, ularni bilimi va tajribalariga qarab tegishli lavozimlarga tayinlash;
Xodimlarning malakasini oshirish uchun kerakli sharoitlarni yaratish; rahbarlikning iqtisodiy-ma'muriy uslublari uyg'unligini, birlashma ijodiy ishlab chiqarish faoliyatidagi ma'naviy va moddiy imkoniyatlar rivojini ta'minlash;
Yosh iste'dodlarni izlab topish, ularni moddiy-ma'naviy qo'llab-quvvatlash, ularning ijodini targ'ib qilishni yo'lga qo'yish; Estrada san'atini rivojlantirish muammolariga bag'ishlangan ilmiy-amaliy konferentsiya, seminar hamda davra suhbatlari o'tkazilishini tashkil etish;
Muassasa Nizomi asosida xodimlarni attestatsiyadan o'tkazish;
Hududiy bo'linmalarning yillik smeta-xarajatlarini tasdiqlash;
Mahalliy hokimliklar bilan kelishgan holda, hududiy bo'linma boshliqlarini   tayinlash va vazifasidan ozod etish;  direktor o'rinbosarlari, kadrlar bo'limi, Boshqarma boshliqlari, hududiy bo'linmalar direktorlari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish vazifalarini amalga oshiradi.
Du
Se
14:00 - 16:00
Cho
Pa
Ju
14:00 - 16:00
Sha
Ya
Qabuliga yozilish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech