Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) beruvchi tashkiliy boshqarmaning vazifalari

Milliy estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy ko'maklashuvchi vakillar guruhining xulosasiga ko'ra Kontsert-tomosha faoliyati huquqi uchun litsenziyalarni rasmiylashtirish, estrada san'ati sohasida axborotlar yig'ish boshqarmaning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Shuningdek, boshqarma, litsenziya talabgorlariga litsenziya olish tartiblarini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyundagi 272-sonli, 2003 yil 11 noyabrdagi 498-sonli qarorlari asosida tushuntirish va litsenziya olish uchun kerakli hujjatlarni tayyorlash, kontsert-tomosha faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning litsenziya olish uchun taqdim etgan hujjatlarini har 15 kunda o'tkaziladigan Ijodiy ko'maklashuvchi vakillar guruhiga taqdim etish, Ijodiy ko'maklashuvchi vakillar guruhini litsenziya berish yoki rad etish to'g'risida qabul qilgan qarorlarni uch kun muddatda ariza bergan yuridik yoki jismoniy shaxslarga va hududiy bo'linmalarga yozma (elektron) ravishda etkazish, o'rnatilgan tartibda litsenziya bitimini imzolash va litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to'langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganidan keyin uch kun muddatda litsenziya blanklarini rasmiylashtirilishini ta'minlash, kontsert-tamosha tadbirlarida, ko'ngilochar muassasalar, klublar, diskotekalar, restoran, kafe-barlarda, shuningdek, tele va radio efirlarda faqatgina tegishli litsenziyasi mavjud bo'lgan ijrochi – jismoniy va ijodiy jamoa – yuridik shaxslarning chiqishini oldini olish maqsadida Davlat soliq qo'mitasi, Ichki ishlar vazirligi hamda Birlashmaning hududiy bo'linmalari tomonidan hamkorlikda o'tkaziladigan qo'shma reyd tekshiruvlarini tashkil qilish, litsenziyasiz faoliyat ko'rsatayotgan shaxslarni litsenziyaga tortish bo'yicha zarur choralar ko'rish, litsenziya olgan yuridik yoki jismoniy shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlar bo'yicha alohida reestr yurgizish, berilgan litsenziyalar bo'yicha rahbariyatga, Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo'mitalariga o'rnatilgan tartibda axborot berish, yilning har choragida berilgan litsenziyalar bo'yicha hisobotlar tayyorlash, muntazam ravishda tegishli boshqarmalar bilan hamkorlikda ishlashni amalga oshiradi.

Maxsus ruxsatnoma (litsenziya)lar beruvchi tashkiliy Boshqarma boshlig'i yoki uning vazifasini bajaruvchi berilgan litsenziyalarni o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilishiga shaxsan javobgardir.

Qabul kunlari: har kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech