Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Oltin kuz” xalqaro festivali davom etmoqda
30.11.2016
Kuni kecha poytaxtimizning Turkiston saroyida “Oltin kuz” xalqaro san’at festivali dasturi doirasida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan konsert dasturi tashkil etildi. Dasturda O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Zulayxo Boyxonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar G‘iyos Boytoyev, Ravshan Komilov, Sobirjon Mo‘minov, Abdurashid Yo‘ldoshev, “Nihol” mukofotining sovrindorlari Gulasal Abdullayeva, Oybek va Nigora, Dilso‘z, Jasur Mirsagatov, estrada xonandalari Rohila Ro‘zumova, “Surxon” guruhi, so‘z ustasi Avaz Oxun hamda “Navro‘z” raqs ansambli ishtirok etdi. Dasturni Anvar Tojiboyev va Feruza Normatova olib bordi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech