Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
1 Sentyabr 2016

Yurtimiz bo'ylab eng ulug' va eng aziz bo'lgan O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi bayrami tantanalari davom etmoqda. Hususan, Toshkent shahrida joylashgan aholi dam olish maskanlari, bog'larda bayramona sayllar tashkil etildi. Chilonzor tumani, Alisher Navoiy nomidagi “O'zbekiston” milliy bog'ida O'zbekiston xalq artistlari Munojaat Yo'lchieva, G'ulomjon Yoqubov, Ozodbek Nazarbekov, Ramiz Usmonov, G'ofur va G'ulom Eshchonovlar, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Shuxrat Vohidov, Ziyoda Qobilova, estrada xonandasi Shahlo Ahmedovalar ishtirok etdi.

14222148_1631028363875886_3136110803681850417_n.jpg

Olmazor tumani, Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog'ida O'zbekiston xalq artisti Mahmud Namozov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Rayxona Ganieva, To'lqin Jabborov, Yulduz Turdieva, “Nihol” mukofoti sovrindorlari “Durdona” guruhi, Firdavs Pazletdinov, estrada xonandalari Umid Shahobov va boshqalar ishtirok etdi. Mirzo Ulug'bek tumanidagi, Mirzo Ulug'bek nomli madaniyat va istirohat bog'ida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Anvar G'aniev, Avaz Olimov, Alisher Fayz, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Lola Yo'ldosheva, estrada xonandalari Farxod va Shirin, “Afruz” guruhi, Farrux Komilov, so'z ustasi Valijon Shamsiev va boshqa xonandalar ishtirok etdi.

DSC_0081.JPG

DSC_0091.JPG

Mirzo Ulug'bek tumani, “Lokomotiv” nomli istirohat bog'ida O'zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Milena Madmusaeva, estrada xonandalari Shaxzoda (Zilola Musaeva), “Surxon” guruhi, “Nihol” mukofoti sovrindori Malika Egamberdieva, Mashhurbek Raimjonov, Ilyos Arabovlar ishtirok etdi. Shayhontohur tumani, O'zbekiston davlat tsirki oldi maydonida O'zbekiston xalq artistlari Munojaat Yo'lchieva, Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova, G'ofur va G'ulom Eshchonovlar, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Dilfuza Raximova, Alisher Fayz, estrada xonandalari Akbar Atamuxammedov va “Sado” guruhi, Begzod Baxromov so'z ustasi Valijon Shamsievlar ishtirok etdi.

DSC_0106.JPG

DSC_0057.JPG

14102657_1175702972501907_5169204419993861755_n.jpg

Yunusobod tumani, Toshkent hayvonot bog'i old maydoni O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Izzat Ibragimov, Dilfuza Raximova, “Nihol” mukofoti sovrindori Gulzoda Xudoynazarova “San'at” guruhi, G'ayrat Usmonovlar ishtirok etdi. Yakkasaroy tumani, Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog'ida O'zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Rashid Xalikov, Furqat Ashuraliev va Elmurod Ahmedov, Jenisbek Piyazov, estrada xonandalari Guli Asalxo'jaeva, Shoxrux Yo'ldoshev, Toxir Usmonov, “Karavan” guruhi ishtirok etdi. Yashnobod tumani, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma'naviyat-ma'rifat markazida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Ulug'bek Raxmatullaev, Toshpo'lat Matkarimov, “Nihol” mukofoti sovrindori Zarnigor Umarova, estrada xonandalari Sherzod Nabixo'jaev, Zohid Yusupov, “Ummon” guruhi ishtirok etdi. Yurtimiz bo'ylab bayram tantanalari davom etmoqda...

Manba: ko'rsatilmagan
Ko'rishlar: 934
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech