Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
6 Avgust 2016

Kuni kencha “O'zbeknavo” estrada birlashmasida Milliy estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashining joriy yil olti oyi yakunlari bo'yicha hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Kengash a'zolari, Birlashma xodimlari, Estrada san'atini rivojlantirish jamg'armasi vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Dastlab Milliy estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi raisi Iqbol Mirzoning yig'ilish kun tartibidan o'rin olgan masalalarga o'tishdan avval Prezidentimizning “O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi qarorida belgilangan dolzarb vazifalarga e'tibor qaratdi. Ushbu qarordan kelib chiqib Kengash hamda uning ijrochi organi hisoblangan “O'zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan amalga oshirilishi zarur bo'lgan ishlarni ta'kidlab o'tdi.

Ma'lumki, mamlakatimizdagi tele va radiokanallarda efirga uzatilayotgan, kafe va restoranlarda monitorlar orqali namoyish etilayotgan, milliy mentalitetimizga to'g'ri kelmaydigan, ma'naviyatimizga zid bo'lgan kliplar, ko'rsatuvlar va eshittirishlarni bartaraf etish maqsadida Milliy estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi huzurida yagona Badiiy kengash tuzish vazifasi taklifi maqullandi.

Kengash hamda “O'zbeknavo” estrada birlashmasining 2016 yilning o'tgan olti oyidagi faoliyati qoniqarli deb topildi.

Manba: Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 133
icon-instagram.png icon-facebook.png
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech