Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
6 Dekabr 2016
O‘zbek Milliy akademik drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan davlat mukofotlari bilan taqdirlangan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlariga mukofot topshirish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g‘oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash yo‘lida katta hissa qo‘shgan, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun 82 nafar fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlariga faxriy unvonlar va orden va medallar topshirildi.

Manba: ko'rsatilmagan
Ko'rishlar: 267
На русском: "Кексалар эъзозда"
icon-instagram.png icon-facebook.png
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech