Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 Yanvar 2017
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 24 dekabrdagi R-4766-sonli hamda viloyat hokimining 2016 yil 24 dekabrdagi 251-f-sonli farmoyishlari, viloyat hokimligining 2017 yil 9 yanvardagi 06-11-sonli chora-tadbirlar rejasiga asosan joriy yilning 11 yanvar kuni soat 11-30 viloyat musiqali drama teatrida "Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan "O’zbekiston-mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiz faxru g’ururimiz!” shiori ostida viloyat bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

    Tadbirda so’zga chiqqanlar yig’ilganlarni bayram bilan samimiy tabriklab, sohada ko’p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan hududni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulotda vaziyatlar boshqarmalari xodimlaridan bir guruhiga O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining 25 yilligi ko’krak nishonlari hamda esdalik sovg’alarini topshirdi.

Tadbir so’ngida viloyat va Respublika san’at ustalari hamda yosh istedodlar ishtirokidagi bayram konsert dasturi namoyish etildi. Konsert dasturida viloyat akademik va xalq badiiy jamolari direksiyasi, "O’zbeknavo” estrada birlashmasi viloyat bo’limi, viloyat musiqali drama teatri xonanda, sozanda va raqs jamoalari ishtirok etishdi. Shuningdek, poytaxtimizdan tashrif buyurgan O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Hosila Rahimova hamda Abdurashid Yo’ldoshevlar o’zlarining kuy qo’shiqlari bilan ishtirok etishdi.

    Bayram tadbiridan so’ng viloyat hokimligining tashabbusi bilan harbiy sohada nufuzli xizmat qilgan mehnat faxriylari, unvon sohiblariga "Versal” tantanalar majmuasida bayram dasturxoni tashkil etildi

   Zarbdor tuman madaniyat va sport ishlari bo’limi tuman hokimligi, "Nuroniy” jamg’armasi bilan hamkorlikda bolalar musiqa va san’at maktabida 10 yanvar kuni 14 yanvar "Vatan ximoyachilari kuni”ga bag’ishlab, 150 nafar talabalar va uyushmagan yoshlar ishtirokida "O’zbekiston mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiy faxru-g’ururimiz” shiori ostida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

    Tadbirda so’zga chiqqanlar 14 yanvar "Vatan ximoyachilari kuni” bayrami bilan barchani tabriklab, yig’ilgan yoshlarga Vatan himoyasidek sharafli burch va harbiy xizmat vatanimizdagi har bir o’g’lonning Vatan oldidagi burchlaridan biri ekanligi to’g’risida yoshlarga tushunchalar berdi, shundan so’ng tuman madaniyat va aholi dam olish markazining badiiy jamoasi o’zlarining "Mardlar qo’riqlaydi Vatanni” deb nomlangan konsert dasturini yig’ilgan yoshlarga namoyish etdilar.

icon-instagram.png icon-facebook.png
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech