Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
30 Noyabr 2016

Kuni kecha poytaxtimizning Turkiston saroyida “Oltin kuz” xalqaro san’at festivali dasturi doirasida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan konsert dasturi tashkil etildi. Dasturda O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Zulayxo Boyxonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar G‘iyos Boytoyev, Ravshan Komilov, Sobirjon Mo‘minov, Abdurashid Yo‘ldoshev, “Nihol” mukofotining sovrindorlari Gulasal Abdullayeva, Oybek va Nigora, Dilso‘z, Jasur Mirsagatov, estrada xonandalari Rohila Ro‘zumova, “Surxon” guruhi, so‘z ustasi Avaz Oxun hamda “Navro‘z” raqs ansambli ishtirok etdi. Dasturni Anvar Tojiboyev va Feruza Normatova olib bordi.

Bu kabi konsertlar asl san’at muxlislariga so‘zga sig‘mas zavq-shavq ulashish bilan birga, jonli ijro targ‘ibi va boy ma’naviy merosimizni navqiron ijrochilarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.


Manba: “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Matbuot xizmati
Ko'rishlar: 572
icon-instagram.png icon-facebook.png
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech