Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
18 Oktyabr 2016
“O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan joylardagi ta’lim muassasalarida madaniyat va san’at namoyondalari tomonidan “Kim edigu kim bo’ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ’ibot tadbirlarini o’tkazish belgilangan.

Mazkur tadbirlar Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan Oliy va o’rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, O’rta maxsus,kasb-hunar ta’limi markazi, Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi, “O’zbekkino” milliy agentligi, “O’zbeknavo” estrada birlashmasi, “O’zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi hamda Yoshlar madaniyat va san’at markazi bilan hamkorlikda alohida tasdiqlangan reja asosida o’tkazilmoqda.

Ushbu reja asosida tadbirlarni yuqori saviyada o’tkazilishini ta’minlash maqsadida joriy yilning 16 oktabr kuni kechki va 17 oktabr ertalab Nukus shaxar xalqaro aeroportida teatr va kino aktyorlari, estrada xonandalari, shoir yozuvchilar va manaviyat-targ’ibotchi guruhlari kutib olindi.

So’ngra, Nukus shahar Yoshlar markazida “Kim edigu kim bo’ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ’ibot tadbirlari matbuot anjumani o’tkazildi.

IMG_4443.jpg

Anjumanda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o’rinbosari M.Aleuov, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining boshqarma boshlig’i J.Uzakov va Qoraqalpog’iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri M.Aytniyazovlar ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

photo_2016-10-17_15-35-11.jpg

Qoraqalpog’iston Respublikasining Xo’jayli, Kegeyli Nukus tumanlarining 15 ta umumta’lim maktablarida, 15 ta kasb-hunar kollejlarida xamda belgilangan rejaga qo’shimcha ravishda 1 ta Mexribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan targ’ibot tadbirlari yuqori saviyada o’tkazildi. Mazkur tadbirlarda 80 nafardan ortiq taniqli san’atkorlar va estrada xonandalari, kino va teatr aktyorlari, shoir va yozuvchilar, “Nihol” mukofoti sovrindorlari ishtirok etib jami 12 431 nafar, shundan 4 650 nafar umumta’lim muassasalari, 7 613 nafar akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan o’quvchilar hamda 118 nafar Mexribonlik uyi xamda 50 nafar bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining ishtiroki ta’minlandi.

IMG_4521.jpg

photo_2016-10-18_15-37-09.jpg

Tadbirlarda ishtirok etgan O’zbekiston xalq artistlari, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar va madaniyat xodimlari, O’zbekiston xalq shoir va yozuvchilari o’quvchi va talaba yoshlarga mustaqillikka qadar bo’lgan davr va mustaqilikdan so’ng erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlarni solishtirib, “jonli misollar” bilan ta’sirchan ruhda gapirib bermoqdalar. Yoshlar orasidan vakillar ham so’zga chiqib, bugungi kunda xalqaro sport musobaqalari va ko’rik-tanlovlarda erishgan yutuqlari, yaratilgan imkoniyatlar to’g’risida so’zlab, tengdoshlarini yaratilgan imkoniyatlardan to’liq foydalanishga, Vatanga, jamiyatga munosib farzand bo’lishga chaqirdilar.

Manba: Yoshlar madaniyat va san’at markazi matbuot xizmati
Ko'rishlar: 267
icon-instagram.png icon-facebook.png
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech