Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
18



Umumiy savollar 5

  • Litsenziya – bu nima?
    Litsenziya – bu litsenziyalovchi organ tomonidan yuridik yoki jismoniy shaxsga berilgan, litsenziya talablari va shartlariga so'zsiz rioya etilgani holda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq). (O'zR ‹‹Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida››gi qonuni 3-moddasi)
  • Litsenziyani qanday turlari mavjud?
    Litsenziyalar namunaviy (oddiy) va yakka tartibdagi bo'lishi mumkin. (O'zR ‹‹Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida››gi qonuni, 10-moddasi)
  • Qanday litsenziya namunaviy litsenziya turiga kiradi?
    Namunaviy (oddiy) litsenziyalar jumlasiga cheklanmagan doiradagi yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan litsenziyalar kiradi (agar ushbu shaxslar tegishli faoliyat turini amalga oshirishga nisbatan qo'yiladigan yagona shartlar va talablarga javob bersalar). (O'zR ‹‹faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to'g'risida››gi qonuni, 10-moddasi)
  • Qanday litsenziya yakka tartibdagi litsenziya turiga kiradi?
    Yakka tartibdagi litsenziyalar jumlasiga yuridik va jismoniy shaxslarga alohida talablar va shartlar asosida beriladigan, litsenziyatlarga faoliyatning mazkur turini amalga oshirishda mutlaq huquqlar beruvchi, miqdoriy cheklangan litsenziyalar kiradi. Yakka tartibdagi litsenziyalar amal qilish hududi, faoliyat ob'ekti yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan boshqa asoslarga ko'ra miqdoriy cheklanadi.
  • Litsenziyalash degani nima?
    Litsenziyalash – bu litsenziya berish to'g'risidagi arizani topshirish va ko'rib chiqish, litsenziyani qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilishini to'xtatib turish, tugatish va bekor qilish jarayoni bilan bog'liq tadbirlar kompleksi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech